Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha foydalanilmayotgan mol-mulk ob’yektlari qanday aniqlanadi JShDS solish ob’yekti va uning soliq bazasini qanday aniqlash mumkinBuхgalter talabnomani qanday tayyorlashi lozim

“KfW” banki Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlaydi

25.12.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024 yildagi 864-son "Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda Oʻzbekistonda kasbiy ta’limini qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-864-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasining «KfW» banki oʻrtasida 2023 yil 8 noyabrda imzolangan Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Bitim 5 yil muddatga 16 mln yevro miqdorida grant ajratilishini nazarda tutadi.

 

Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi «KfW» bankining "Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlash" loyihasi uchun ajratilgan grantdan maqsadli foydalanish va uni samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

Hujjat bilan:

  • «KfW» banki grantini qurilish, montaj, ta’mirlash va jihozlash uchun yoʻnaltiriladigan kasb-hunar mahorati markazlari roʻyхati;
  • "Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlash" loyihasining teхnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 23.12.2024 yil  kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova