Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaning UFga qoʻshgan mulkiy hissasi soliq solish maqsadida eksport hisoblanadimi 2025 yilda Oʻzbekistonda soliqlar va yigʻimlar: turlari, stavkalari, hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari Mehnat va ish haqi

Kimni maktab imtihonlaridan ozod qilishadi

08.11.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻquvchilarni imtihonlardan ozod qilish huquqini beradigan kasalliklar roʻyхati kengaytirildi. Umumiy oʻrta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli qoʻshimchalar kiritildi (roʻyхat raqami 1778-2, 6.11.2019 y.).

 

Shu tariqa, maktab oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi boshqa 55 ta kasallikdan tashqari, yana quyidagi 4 ta kasallikda ular imtihonlardan ozod qilinadilar:

  • mukovissidoz, aralash shakli, ogʻir turi (kasallik kodi Ye84);
  • plevrit (J90-K94);
  • nospetsifik yarali kolit (zoʻriqish davri, K51);
  • jigar pirrozi (dekompensatsiya davri, K74.6).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.