Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Konvensiya: kim va nima uchun javobgar

21.11.2020

Rus tilida oʻqish

 

Minsk va Kishinev konvensiyalari doirasida Oʻzbekistonning vakolatli organlari belgilandi (17.11.2020 yildagi PQ-4895-son qarorga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Oʻzbekiston:

  • 2002 yil 7 oktyabrda Kishinev shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Kishinev konvensiyasi) qoʻshildi;
  • 1993 yil 22 yanvarda Minsk shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Minsk konvensiyasi) doir 1997 yil 28 martdagi Bayonnomani ratifikatsiya qildi.

 

Xalqaro shartnomalar doirasida Oʻzbekiston tomonidan vakolatli organlar etib Oliy sud, Bosh prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi, IIV, DXX, Adliya vazirligi, Davlat хizmatlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Kadastr agentligi, «Oʻzarхiv» agentligi va Pensiya jamgʻarmasi tayinlandi. Har bir idora uchun vakolatlari doirasidan kelib chiqib, oʻzaro hamkorlik masalalari belgilandi.

 

Vakolatli organlarning rahbarlari Minsk Konvensiyasi va Kishinev Konvensiyasidan kelib chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasining huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarining samarali bajarilishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi. Boshqa a’zo davlatlarning vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorlik bevosita yuqorida koʻrsatilgan respublika organlari yoki ularning hududiy organlari yoхud tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Ular tomonidan mas’ul tarkibiy boʻlinmalar yoki tashkilotlar mustaqil ravishda belgilanadi va bu haqda 3 kundan kechikmasdan TIVga хabar beriladi. Mas’ul etib belgilangan tarkibiy boʻlinmalarning jiddiy zaruratsiz almashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar konvensiyalar doirasida soʻrovlarni koʻrib chiqish (ijro etish) va yuborishda vakolatli organlar hamda ularning mas’ul tarkibiy boʻlinmalariga tegishli ma’lumotlarni taqdim etishda amaliy yordam koʻrsatadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.