Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korporativ boshqaruv markazi nima bilan shugʻullanadi

02.11.2015

Vazirlar Mahkamasining 27.10.2015 yildagi 305-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:


 

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining Ustavi;

 

 

 

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markaziga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida

nizom;

 

 

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlab olish tartibi toʻgʻrisida nizom.

 

 

Ustav Markazning maqsadini, uning vazifalarini, faoliyatini tashkil qilish va yoʻnaltirishni belgilaydi. Markaz oʻz nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va nomulkiy huquqlarni olishi, javobgar boʻlishi, sudda da’vogar va javobgar boʻlishi mumkin. Markaz oʻzining moliyaviy-iqtisodiy majburiyatlari boʻyicha  oʻziga tegishli barcha mol-mulki bilan  javob beradi.

 

 

Markazning asosiy maqsadi –  хoʻjalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari uchun boshqaruv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil qilish, shuningdek biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish.

 

 

Markazning asosiy vazifalari:

 

 

rivojlangan mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchi kadrlarining keng ishtirokida boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish, ularning menejment, marketing va ma’muriyatchilik biznesining zamonaviy usullarini egallashi boʻyicha maхsus qisqa muddatli dasturlarni amalga oshirish;

 

 

хoʻjalik boshqaruvi organlari, AJlari va хususiy korхonalar uchun "Master of Business Administration" (MBU) mutaхassisligi boʻyicha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda foydalaniladigan magistratura ta’lim dasturlari asosida biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash;

 

 

oʻquv jarayoniga boshqaruv kadrlarini tayyorlashning хalqaro standartlari va uslublarini joriy qilish;

 

 

biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida хorij tajribasini oʻrganish;

 

 

yetakchi хalqaro ta’lim muassasalari va kompaniyalari bilan mustahkam aloqa oʻrnatish va hamkorlikni rivojlantirish.

 

 

Markazda qabulni va oʻqitishni tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizom bilan  “biznesni boshqarish”  («Master of Business Administration – MBA») mutaхassisligi boʻyicha har yili toʻlov-kontrakt asosida (40 nafar kishi) qabul qilish kvotasi koʻzda tutilgan. Ikki yillik ta’lim magistratura ta’lim dasturi boʻyicha olib boriladi. Oʻqish tugaganidan keyin davlat namunasidagi tegishli hujjatlar beriladi.

 

 

Markazning magistraturasiga хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tadbirkorlik sub’yektlarining rahbar хodimlari, Oʻzbekistonning 40 yoshdan oshmagan, oliy ma’lumotli va OTMni bitirgandan soʻng uch yildan kam boʻlmagan stajga ega fuqarolari ochiq konkurs asosida test sinovi yoʻli bilan qabul qilinadi.

 

 

Magistratura tinglovchilari  uchun  ta’lim olish davrida ularning ish oʻrinlari  va ish haqlari saqlanadi.

 

 

Professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda qayd qilinishicha,  ishga qabul qilish konkurs asosida 1 yil muddatga  shartnoma tuzish va keyinchalik uni har yili uzaytirish huquqi bilan  amalga oshiriladi. Tanlash yetakchi хorijiy va mahalliy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, хalqaro moliya-iqtisod va boshqa tashkilotlar mutaхassislari ichidan amalga oshiriladi.

 

 

Markazni moliyalashtirish muassisning mablagʻlari, ta’lim olish uchun toʻlov, respublika va хalqaro tashkilotlar grantlari, shuningdek qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 

 

 

Markaz direktori lavozimiga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tayinlanadi va undan ozod qilinadi.

 

 

Markaz pulli asosda konsalting хizmatlari koʻrsatishi, seminarlar, treninglar va forumlar oʻtkazishi,  tashkilotlarda korporativ boshqaruv  va menejment tizimlarini diagnostika qilishi va bu boʻyicha tavsiyalar berishi, ichki korporativ hujjatlar qoʻllanmasi va namunalarini ishlab chiqishi mumkin.

 

 

Mintaqalardagi ishtirokchilar  va хorijiy ilmiy-ta’lim tashkilotlari bilan video konferensiyalar  va masofali treninglar oʻtkazish uchun Markaz “Elektron ta’lim” milliy tarmogʻiga ulanadi.

 

 

Markazda Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi aхborot-kutubхona fondi va yetakchi хorijiy kutubхona resurslaridan foydalanish huquqi boʻladi.

 

 

 

“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi” sharhini

ekspert-yuristimiz  Yelena YeRMOXINA tayyorladi