Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulk va avtomobil boʻyicha ijara toʻlovi stavkalariga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi

28.12.2020

 

2021 yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi (25.12.2020 yildagi OʻRQ-657-son Qonunga qarang).

 

2020 yildagiga nisbatan oylik ijara toʻlovining eng kam stavkalari quyidagi tartibda oshiriladi:

a) turar joylar boʻyicha (1 m2 uchun) Toshkent shahrida – 14 000 soʻmgacha (+16,7%), Nukus shahri va viloyat markazlaridagi shaharlarda – 8 500 soʻmgacha (+13,3%), boshqa aholi punktlarida – 4 000 soʻmgacha (+14,3%);

b) noturar joylar boʻyicha (1 m2 uchun) Toshkent shahrida – 29 000 soʻmgacha (+16%), Nukus shahri va viloyat markazlaridagi shaharlarda – 17 000 soʻmgacha (+13,3%), boshqa aholi punktlarida – 7 500 soʻmgacha (+15,4%);

v) avtotransport boʻyicha (1 ta avtotransport vositasi uchun):

  • yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi) boʻyicha – 575 000 soʻmgacha (+15%);
  • mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari boʻyicha – 1 150 000 soʻmgacha (+15%).

 

Joriy yil stavkalari bilan bu yerda, 2021 yilgi stavkalar bilan bu yerda tanishish mumkin.  

 

Eslatib oʻtamiz, ijara toʻlovining eng kam stavkalari jismoniy shaхslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi. Ya’ni ijara toʻlovining haqiqatdagi miqdori kamroq boʻlishi ham mumkin, biroq mazkur holatlarda ijaraga beruvchi eng kam stavkalardan kelib chiqqan holda soliq toʻlashi lozim. 2020 yil 1 iyuldan 31 dekabrga qadar boʻlgan muddatda ushbu qoida qoʻllanilmaydi, jismoniy shaхslar esa koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha JShDSni toʻlashdan ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.