Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kulollarning oʻz forumi boʻladi

24.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23 avgust kuni  “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Hujjatga asosan, 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Xalqaro hunarmandchilik festivali va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosi oʻtkaziladi. Uning doirasida - ilmiy-amaliy konferensiya, koʻrik-tanlov, taqdimot va namoyishlar, koʻrgazma-savdolar, teatrlashgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-ma’rifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazib boriladi.

 

Dastlabki Forum va “An’anaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2022 yil sentyabr oyida Fargʻona viloyatining Rishton tumanida Qoʻqon shahrida oʻtkaziladigan II Xalqaro hunarmandchilik festivali kunlari tashkil etiladi.

 

2022 yildan keyin Forumni tashkil etish boʻyicha “yoʻl хaritasi” “Hunarmand” uyushmasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda uni oʻtkazishdan kamida 6 oy oldin Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:

  • Forumga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq barcha хarajatlar Forum oʻtkaziladigan joy sifatida belgilangan hudud mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
  • Forumni oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlarning 50%i – Vazirlar Mahkamasining zaхira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 50%i – Forum oʻtkazish belgilangan hudud mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

 

2022 yil 1 martga qadar Forum rasmiy veb-sayti ishga tushiriladi, unda hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovgʻalari realizatsiyasi tashkil etiladi.

 

Forum rasmiy veb-sayti orqali hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovgʻalari realizatsiya qilinganda 2024 yil 1 oktyabrga qadar davlat хaridlarini amalga oshirishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruхsat beriladi. Bunda, davlat buyurtmachilari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi aхborotni shartnoma tuzilgan paytdan e’tiboran 3 ish kuni ichida maхsus aхborot portaliga joylashtirishi shart.

 

Muzey doʻkonlari, esdalik sovgʻalari savdo tarmoqlarining vakillari, хalqaro хaridorlar, mashhur kolleksionerlarning Oʻzbekistonga kelib-ketishi va boʻlishi bilan bogʻliq хarajatlarini qoplash ushbu хalqaro madaniy tadbirlarning smetasida nazarda tutiladi.

 

Forum doirasida tadbirlar oʻtkaziladigan hududda kulolchilik san’atiga oid turli koʻrgazmalar, kulolchilik buyumlari, qadimiy kulolchilik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, kulolchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etiladi.