Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kunduzi chiroq yoqib: kimlar uchun ushbu talab kuchda qoldi

21.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat ilgari qabul qilingan qator qarorlarni qayta koʻrib chiqdi (17.12.2020 yildagi 796-son VMQga qarang). Bu avtohavaskorlarda na aks etadi?

 

Eslatib oʻtamiz, Yoʻl harakati qoidalariga 2019 yil aprelda tuzatishlar kiritilgan. Ulardan biri - kunning yorugʻ vaqtida barcha transport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart. Ushbu oʻzgartirishlarni biz bu yerda ancha batafsil koʻrib chiqqanmiz. Biroq ikki oy oʻtgach, oʻsha yilning iyun oyidayoq ushbu talabga tuzatish kiritilgan va 2021 yil 1 yanvarga qadar kechiktirilgan edi.

 

Yangi tuzatishlar bilan mazkur talab bekor qilindi. YHQning 138-moddasiga 2019 yilgi tuzatishlarga qadar amal qilgan ifodani qaytarishdi. Shu tariqa, kunning yorugʻ vaqtida faqat quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:

  • transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
  • yoʻlovchilarni tashiyotgan avtobus va yoʻnalishli transport vositalarida;
  • bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
  • хavfli, katta oʻlchamli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda;
  • meхanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);
  • mototsikl va mopedlarda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.