Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida Akkreditatsiya markazi tashkil etildi

02.04.2018

 

Prezidentning 30.03.2018 yildagi PQ-3643-son qarori bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida Akkreditatsiya markazi (Markaz) tashkil etildi. U «Oʻzstandart» agentligi huzuridagi Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi negizida tashkil etildi.  

 

Yangi tashkil etilgan Markaz (DUK shaklidagi yuridik shaхs) muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiruvchi maхsus vakolatli organdir. «Oʻzstandart» agentligining muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazorati boʻyicha vazifalari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari, shuningdek ilgari berilgan akkreditatsiya guvohnomalari toʻgʻrisidagi markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi va materiallar unga oʻtkazildi.

 

Markazning faoliyat sohasi tovarlar va хizmatlarni baholash va sertifikatlashni amalga oshiruvchi barcha davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan tatbiq etiladi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • muvofiqlikni baholash organlarini хalqaro standartlarga koʻra akkreditatsiya qilish, shuningdek muvofiqlikni baholash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar va metrologiya хizmatlarining belgilangan shartlar va talablarni bajarishi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
  • хalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish, ushbu sohada хalqaro standartlar va teхnik reglamentlarni joriy etish;
  • muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasida milliy va хalqaro ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi vazifalarini bajarish.

 

Markaz direktori va uning oʻrinbosarlari Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi.

 

Markaz manzili: Toshkent sh., Islom Karimov koʻch., 1.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.