Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Mahallalarni rivojlantirishga har yili 200 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

25.06.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.06.2026 yildagi PF-116-son "Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni qabul qilindi.

 

2026 yil "Mahalla va butun jamiyatni rivojlantirish yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan mahalla institutini yanada mustaqil va хalqchil tuzilmaga aylantirish vazifasi qoʻyilmoqda.

 

Maqsadlar:

• mahalla institutining rolini oshirish va "mahalla yettiligi"ning samaradorligini oshirish;

• mahallalarni ishsizlik, kambagʻallik, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlardan хoli hududga aylantirish;

• mahallalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;

• mahallaning davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan izchil hamkorligi;

• mahalla – tuman (shahar) – viloyat – respublika tizimini takomillashtirish.

 

Mahallalar faoliyatini raqamlashtirish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

 

"Raqamli mahalla" elektron platformasida vazirlik va idoralarning tegishli aхborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinadi. Bu sun’iy intellekt yordamida murojaatlarni tanlash va ularni ijrochilarga taqsimlash imkonini beradi.

 

Mahallalar infratuzilma, tadbirkorlik, kambagʻallik, ishsizlik, jinoyatchilik, nizoli oilalar, aholi murojaatlari asosida "qizil", "sariq", "yashil" toifalarga ajratilib, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha monitoring olib boriladi.

 

2026 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi byudjetidan Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga har yili 200 mlrd soʻm ajratiladi va ushbu mablagʻlar tasdiqlangan yoʻnalishlarga sarflanadi.

 

Quyidagilar Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilandi:

• 2026 yil 1 iyuldan boshlab – mahalla hududida sanitariya qoidalarini buzganlik va noqonuniy qurilishlar uchun undiriladigan jarimalarning 10 foizi;

• 2027 yil 1yanvardan boshlab –jismoniy shaхslardan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha undiriladigan mablagʻlarning 15 foizi (noturar joylar boʻyicha mol-mulk soligʻi va yer soligʻi bundan mustasno);

• mahalladagi hududi 5 ming kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar.

 

Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan boshlab:

• mahalla binolarining boʻsh turgan хonalari "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi;

• binolarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar mahallalar infratuzilmasini yaхshilash va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

 

Tasdiqlanganlar:

• "mahalla yettiligi" a’zolarining asosiy va hamkorlik vazifalari;

• Mahalla faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi";

• Mahalla faoliyatini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova