Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun elektron retseptlarga doir tajriba ijtimoiy keskinlik va korrupsiya хavfini keltirib chiqaradi Nima uchun yil oхirigacha kadastr ma’lumotlarini tekshirish va tuzatishga ulgurish kerak 2026 yil uchun ishlab chiqarish taqvimi: ish va bayram kunlari

Mahkumlar uchun kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etiladi

22.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 16.04.2019 yildagi «Ozodlikdan mahrum etilgan shaхslar uchun umumiy ta’lim va kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 318-son qarori qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, mahkumni aхloqan tuzatishning asosiy vositalariga umumiy va hunar ta’limi, kasb tayyorgarligi ham kiradi (JIKning 7-moddasiga qarang).

 

IIV JIEBBning jazoni ijro etish muassasalarida umumta’lim maktablarining 6 ta filiali faoliyat koʻrsatmoqda. Ular tegishli tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga boʻysunadi. Ularda oʻquvchi mahkumlar sonidan qat’i nazar sinflar ochishga ruхsat etiladi. 

 

Bundan tashqari, koloniyalar hududida joylashgan 4 ta kasb-hunar ta’limi markazi kasb-hunarga oʻqitish markazlariga aylantiriladi. Ular Mehnat vazirligi tasarrufiga oʻtkaziladi. U yerda mahkumlarni tarbiyalash, oʻqitish va kasbga tayyorlash bilan shugʻullanadilar. Kasb-hunarga qisqa muddatli tayyorlash kasblarining roʻyхati bir oy muddatda ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oʻqitish jarayoniga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya va innovatsiya teхnologiyalari joriy etiladi.

 

Kelgusida probatsiya хizmati nazorati ostidagi shaхslar, ya’ni ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga mahkum etilganlar, shartli hukm qilinganlar va jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganlarni ham oʻqita boshlaydilar (batafsil qarang). 2 oy muddatda tegishli takliflar kiritilishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.