Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilinadi

25.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (23.03.2023 yildagi OʻRQ-825-son Qonun) imzolandi.

 

Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish kiritildi, unga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish mahkum ogʻir jinoyati uchun jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini (ilgari u yarmini tashkil etgan), oʻta ogʻir jinoyati uchun esa – kamida toʻrtdan uch qismini (ilgari uchdan ikki qismini tashkil etgan) oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi kerak.

 

Koʻrsatilgan jinoyatlar uchun jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish mahkum tegishli ogʻir jinoyati uchun jazo muddatining kamida yarmini (ilgari – uchdan biri) va oʻta ogʻir jinoyati uchun uchdan ikki qismini (ilgari – yarmi) oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllaniladi.

 

Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino, foto, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan bir qatorda, jazoni ijro etuvchi organning ruхsati olinishi kerakligi toʻgʻrisidagi talab kiritildi.

 

Mahkumlarga nisbatan navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi joriy etildi.

 

Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar toʻgʻrisida taqdimnoma kiritiladi:

  • manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maхsus tartibli koloniyalardan – turmaga oʻtkazish toʻgʻrisida;
  • manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maхsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytarish haqida.

 

Ilgari mazkur tartib-taomillar jazoni ijro etish muassasalari tomonidan intizomiy jazo sifatida qoʻllanilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.03.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.