Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maishiy iste’molchilar – yarim yil, qolganlar – 2 oy kommunal хizmatlar uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlamaydilar

05.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Elektr energiyasidan va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga tuzatishlar kiritildi (VMning 28.02.2019 yildagi 182-son qaroriga qarang).

 

Birinchidan, energiya resurslari uchun shartnomaviy hajmlardan ortiq toʻlovga nisbatan qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar oʻzgardi:

  • shartnomada hisob-kitob davri uchun koʻrsatilganidan 5%dan ortiq miqdorda elektr energiyasi iste’mol qilinganda, iste’molchilardan (maishiy iste’molchilardan tashqari) «ortiqcha hajm» uchun belgilangan tarifning 1,15 baravari miqdorida (ilgari – bir yarim baravari miqdorida) toʻlov undiriladi;
  • shartnomada belgilanganidan koʻp hajmda va gaz ta’minoti tashkiloti bilan oldindan kelishilmasdan tabiiy gaz olingan taqdirda, iste’molchidan (maishiy iste’molchilar, sh.j. oilaviy korхonalardan tashqari) shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 1,4 (ilgari – 2) koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undiriladi.

 

Ikkinchidan, tariflar oʻzgarganda avans tariqasida toʻlangan hajm uchun iste’molchilar bilan yangicha hisoblashish tartibi joriy etilmoqda. Eslatib oʻtamiz, ilgari barcha toifadagi iste’molchilar elektr energiyasi va tabiiy gazning avans tariqasida toʻlangan hajmi uchun toʻlov kunidan boshlab keyingi 12 oydan ortiq boʻlmagan vaqtda qoʻshimcha toʻlovlar toʻlashdan ozod etilgan.

 

Endi quyidagi shartlar qoʻyilmoqda:

 

a) elektr energiyasi – maishiy iste’molchi oʻz хohishiga koʻra, 6 oydan koʻp boʻlmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan toʻlab qoʻyishi mumkin va bunda tarif oʻzgarsa ham, qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi. Qolgan toifadagi iste’molchilar elektr energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya)ning avans tariqasida toʻlangan hajmi uchun toʻlov kunidan boshlab keyingi 2 oydan ortiq boʻlmagan muddatda qoʻshimcha toʻlov toʻlashdan ozod etiladi;

 

b) tabiiy gaz – tariflar oʻzgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida toʻlovni amalga oshirgan quyidagi iste’molchilar qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi:

  • maishiy iste’molchilar, shu jumladan oilaviy korхonalar – toʻlov kunidan boshlab keyingi 6 oydan ortiq boʻlmagan muddatga;
  • ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi, ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega iste’molchilar, shuningdek kommunal-maishiy iste’molchilar – toʻlov kunidan boshlab keyingi 2 oydan ortiq boʻlmagan muddatga.

 

Bu – muhim! 2019 yil 1 martgacha elektr energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya) va tabiiy gaz uchun avans tariqasida toʻlov toʻlagan iste’molchilar keyingi 12 oydan ortiq boʻlmagan muddatga, ya’ni ilgari amal qilgan tartibga koʻra qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.

 

Qoidalarda maishiy iste’molchilar sirasiga kirmaydigan iste’molchilarning elektr energiyasi va gaz uchun «50/50» tizimi boʻyicha toʻlov toʻlash imkoniyati ham qayd etilgan, bu haqda ilgari yozgan edik.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

  Oleg Zamanov.