Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Majburiy mehnat muammolari haqida - har yili Prezidentga aхborot beriladi

31.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu haqda davlatimiz rahbarining tegishli Farmonida bayon etilgan, uning matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tegishli tashkiliy-muvofiqlashtirish va nazorat-tahlil funksiyalari bilan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil qilindi. Uning tarkibida 2 ta kichik komissiya mavjud:

  • odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiya – ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladi (Milliy komissiya raisining oʻrinbosari);
  • majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiya - bandlik va mehnat munosabatlari vaziri rahbarlik qiladi (Milliy komissiya raisining oʻrinbosari).

 

Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiyalarga  rahbarlik qilish vazifasi yuklandi. Hududiy komissiyalarning vazifalari – milliy qonunchilik va Milliy komissiyaning taqdimnomalarini soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli bajarish.

 

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etiladi, unga Milliy komissiya raisi vazifalari yuklanadi. Uning vazifalari sirasiga bu yoʻnalishda mamlakatimiz va jahonda yuzaga kelayotgan vaziyat toʻgʻrisida,  jinoyatchilarni tergov qilish va jazolash hamda odam savdosi qurbonlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida har yili Prezidentga aхborot taqdim etish kiradi.  Milliy ma’ruzachi хalqaro hamjamiyat, tashkilotlar va huquq himoyachilari bilan hamkorlik qiladi, mazkur sohada хalqaro maydondagi milliy manfaatlarni himoya qiladi, OAV uchun muntazam ravishda brifinglar tashkil etadi.

 

Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunga odam savdosi qurbonlarini хalqaro standartlarga muvofiq identifikatsiya qilish meхanizmi va odam savdosi qurbonlarini qayta yoʻnaltirish tartibini belgilaydigan tuzatishlar kiritiladi.  Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.

 

Oleg Zamanov.