Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning qoʻshma qarori (30.06.2026 y. AV roʻyхat raqami 3874-son) Maqsadli ipoteka omonatini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.
Hujjat bilan subsidiya taqdim etish toʻgʻrisida хabarnomaga ega boʻlgan fuqarolar tomonidan birlamchi uy-joy bozorida kvartira sotib olishda dastlabki badalni shakllantirish uchun tijorat banklarida maqsadli ipoteka omonat hisobvaragʻini ochish va undan foydalanish tartibi belgilandi.
Ushbu Nizom talablari 2026 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha boʻlgan davrda ochilgan maqsadli ipoteka depozitlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ariza beruvchi subsidiya berish toʻgʻrisidagi хabarnomaning amal qilish muddati davomida maqsadli ipoteka depozitini ochish uchun bankka murojaat qilishi mumkin. Bunda ushbu hisobvaraqda boshlangʻich badalning uning oʻz mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan qismidan kam boʻlmagan summa boʻlishi kerak.
Bank "subsidyplatform.mf.uz" toʻlov platformasi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga maqsadli ipoteka depozitiga boshlangʻich badal uchun subsidiya oʻtkazish uchun ariza yuboradi.
Maqsadli ipoteka depozitining pul mablagʻlariga subsidiya oʻtkazilgandan soʻng foizlar hisoblanadi.
Qurilish (pudrat) tashkilotiga sotib olinadigan kvartira haqini toʻlash uchun bank maqsadli ipoteka omonat hisobvaragʻida toʻplangan mablagʻlarni, hisoblangan foizlarni, shuningdek ipoteka krediti mablagʻlarini oʻtkazadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova





