Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti laureatlariga – 50 EKIH va OTMga imtihonsiz kirish imkoniyati

23.11.2017


Prezidentning 22.11.2017 yildagi 3402-son qarori bilan «Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti ta’sis etildi.

 

Mukofot oʻqishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy хizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Yoshlar kuni (30 iyun) arafasida beriladi.

 

Davlat mukofotiga talabgorlar Prezident huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi. Nomzodlar Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan, uning hududiy kengashlari raislari bilan kelishilgan holda Joʻqorgi Kenges raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomalari asosida kiritiladi.

 

Mukofot bilan taqdirlash davlat rahbarining qarori bilan amalga oshiriladi. Uning miqdori – EKIHning 50 baravari. Bundan tashqari, mukofot sohiblariga imtihonsiz byudjet asosida bakalavriat va magistratura bosqichlariga imtiyozli kirish huquqi beriladi. Shuningdek, koʻkrak nishoni topshiriladi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Samir Latipov.