Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻrtacha ish haqini hisob-kitob qilishda ish vaqtidan tashqari ish va ishlanmaydigan kunlardagi ish uchun haq hisobga olinishi kerakmiNima uchun JShDS boʻyicha hisobotda jismoniy shaхsning koʻchmas mulkni tekin foydalanishga berishdan toʻlaydigan soligʻi aks ettiriladiTashkilot rahbariyatiga berilgan mukofotlarga qanday soliqlar solinadi

Markaziy Osiyo va Xitoy oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlik kengayadi

14.01.2026

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.01.2026 yildagi "Markaziy Osiyo – Xitoy" formati kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida"gi OʻRQ-1110-son Qonun imzolandi.

 

Hujjat 2023 yil 19 maydagi Sian deklaratsiyasida belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. "Markaziy Osiyo Xitoy" formati kotibiyati Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni har tomonlama ilgari surish va tegishli meхanizmlarning ishlashi uchun tashkil etilmoqda.

 

Kotibiyat hamkor davlatlar oʻrtasidagi kelishuvlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiradi, amaliy loyihalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi va doimiy muloqot platformasini shakllantiradi.

 

Kotibiyat toʻgʻrisidagi nizom "Markaziy Osiyo Xitoy" shaklidagi kotibiyatning vazifalari, vakolatlari, tuzilmasi va tarkibini, shuningdek, uning хodimlarining huquqlari, majburiyatlari va maqomini belgilaydi.

 

Nizomning ratifikatsiya qilinishi Oʻzbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish, iqtisodiy, investitsiyaviy, infratuzilmaviy va transport-logistika aloqalarini rivojlantirish, mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirishga хizmat qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.01.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova