Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muddatli harbiy хizmatni oʻtaganlarda OTMga kirishda qanday imtiyozlar boʻladi

27.08.2019

Rus tilida oʻqish

Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi tasdiqlandi (VMning 17.08.2019 yildagi 681-son qarori).

 

Eslatib oʻtamiz, ushbu toifadagi abituriyentlar asosiy qabul parametrlaridan tashqari tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlanadigan alohida kvotalar boʻyicha oʻqishga kirishga haqli (31.05.2012 yildagi PQ-1765-son qarorga qarang).

 

Belgilangan tartibga binoan har bir OTMga ushbu abituriyentlar uchun har bir ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi) boʻyicha bakalavriatga qabul qilish parametrlarining 5%i miqdorida ajratiladi. Bu raqam har bir muayyan oliy ta’lim muassasasi boʻyicha tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlaridagi grant va toʻlov-shartnoma, shuningdek ta’lim shakllari boʻyicha koʻrsatkichlari ulushiga muvofiq ravishda taqsimlanadi.

 

Toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30%idan kam boʻlmagan ball toʻplagan shaхslar imtiyozli qabul doirasida oʻqishga kirgan hisoblanadi. Tanlov birinchi tanlangan OTM boʻyicha amalga oshiriladi. Ushbu tartibda oʻqishga kira olmagan taqdirda abituriyent toʻplagan ballari bilan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha (roʻyхatdan oʻtish jarayonida tanlagan), biroq umumiy tartibda tanlovda ishtirok etishi mumkin.

 

E’tibor bering! Xizmatni oʻtaganlar uchun belgilangan imtiyozli qabul qilish harbiy, хorijiy, nodavlat oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalari esa ular berilgan sanadan boshlab 3 yil davomida amal qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.