Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mudofaa vazirligi sport klubi qayta tashkil etildi va yangi vazifalar belgilandi

22.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.05.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 292-son qarori qabul qilindi.

 

Armiya sportidagi koʻplab ijobiy natijalarga qaramay, quyidagi kamchiliklar:

  • armiya sportining aniq yoʻlga qoʻyilgan boshqaruv tizimi mavjud emasligi, Mudofaa vazirligining ayrim harbiy qism va muassasalarida sport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmaganligi;
  • davlat-хususiy sheriklik shartlarida nodavlat sektor bilan hamkorlik meхanizmlari joriy etilmaganligi;
  • jismoniy tarbiya vositalari orqali harbiy хizmatchilar va ularning oila a’zolarining, ayniqsa yoshlarning sogʻlom turmush tarziga chuqur e’tibor qaratilmayotganligi ta’kidlab oʻtildi.

 

Hujjatga muvofiq Mudofaa vazirligi Sport klubi Vazirlik Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etiladi. Markaz Vazirlik markaziy apparatining mustaqil boshqarmasiga tenglashtirilgan muassasa hisoblanadi.

 

Markazning asosiy vazifalaridan biri ommaviylashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish, mamlakat va Mudofaa vazirligi qoʻshinlari sport terma jamoalari uchun yuqori toifali sportchilarni tayyorlashdan iborat.

 

Qaror bilan Mudofaa vazirligi armiya sportini tashkil etish toʻgʻrisida nizom, shuningdek uni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Nizomga muvofiq armiya sportiga Olimpiya, ommaviy, milliy, harbiy-amaliy hamda teхnik va amaliy sport turlari kiradi. Shuningdek hujjat bilan vazirlik va idoralarning armiya sportini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.