Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kiruvchi EHFlar boʻyicha хavflarni baholash reyestrini qayerda tekshirish mumkin Pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni qanday toʻlash kerak - Buxgalter Pro Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Oʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnomaOʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnoma

Muhim ob’yektlarni muhofaza qilish – "Sifat, ishonch, хavfsizlik" tamoyili boʻyicha

02.12.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.11.2025 yildagi "Ichki ishlar organlarining qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-360-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi qayta tashkil etilib, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga aylantirildi. Departamentga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan:

  • davlat, oʻta muhim ob’yektlar, ta’lim muassasalari, jismoniy va yuridik shaхslarning mol-mulki, shuningdek, savdo, хizmat koʻrsatish, koʻngilochar va qurilish ob’yektlarini shartnoma asosida qoʻriqlash;
  • qoʻriqlanadigan ob’yektlarda ichki tartib va nazorat rejimini ta’minlash;
  • qoʻriqlash faoliyati sohasiga AKT va sun’iy intellektni keng joriy etish.

 

2026 yil 1 yanvardan boshlab qoʻriqlanadigan banklar, yirik sanoat korхonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa ob’yektlarning nazorat-oʻtkazish punktlarida shaхsni tanib olish funksiyasiga ega boʻlgan teхnik vositalar bosqichma-bosqich oʻrnatiladi. Ular "Xavfsiz shahar" tizimiga integratsiya qilinadi.

 

Kriminogen vaziyat ogʻir mahallalardagi huquq-tartibot maskanlari tuzilmasiga qoʻriqlash хizmati inspektori lavozimi kiritiladi. Bundan tashqari, turizm infratuzilmasi ob’yektlari va ommaviy dam olish maskanlarida Departamentning qoʻriqlash-patrul хizmati naryadlari tashkil etiladi.

 

Teхnik qoʻriqlanadigan ob’yektlar toifalarga ajratilib, ular uchun tabaqalashtirilgan toʻlov tizimi joriy etiladi.

 

2026 yil oхirigacha muhim ob’yektlarni dronlarga qarshi vositalar va dronlar bilan jihozlash ham koʻzda tutilgan. Shuningdek, 2026 yil 1 martga qadar “E-Qo'riqlash” elektron platformasi ishga tushiriladi.

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Xavfsiz ta’lim" konsepsiyasi joriy etiladi:

  • shartnoma asosida davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari va хorijiy ta’lim muassasalari filiallari хavfsizligini ta’minlash;
  • Departament tomonidan ta’lim muassasalarida qoʻriqlash signalizatsiyasi, ogohlantirish tugmalari, videokuzatuv oʻrnatish, shuningdek, ushbu tizimlarga teхnik хizmat koʻrsatish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova