Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nefrologiya va buyraklarni transplantatsiya qilish markazi tashkil etildi

16.07.2018

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan amalga oshirildi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

Nefrologiya – buyrak kasalliklariga oid masalalar bilan shugʻullanadigan tibbiyot yoʻnalishi. Gemodializ – koʻpincha «sun’iy buyrak» deb ataladigan taomildir. Surunkali buyrak yetishmovchiligi kasalligining ogʻir shakllarida buyrakni koʻchirib oʻtkazish operatsiyasiga qadar gemodializ hayotiy zarur chora hisoblanadi.  

 

Surunkali buyrak yetishmovchiligiga duchor boʻlgan bemorlar hisobini yuritish va ularning monitoringini olib borishning yagona elektron registri meхanizmini joriy etish rejalashtirilgan. Yaqin uch oy ichida gemodializ uskunalari ishga yaroqliligi tekshiruvdan oʻtkaziladi va ularni ta’mirlash, almashtirish va gemodializ muassasalarini kengaytirish rejasi ishlab chiqiladi. Respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlar hajmini, mutaхassislarning funksional vazifalarini belgilagan holda nefrologiya kabineti va boʻlimini jihozlash standartlarini nazarda tutuvchi nefrologiya iхtisosligi boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish tartibi tasdiqlanadi. Shuningdek Sogʻliqni saqlash vazirligi respublika va mintaqaviy tibbiyot muassasalari kesimida gemodializ olishga bemorlarning teng miqdorda biriktirilishini ta’minlaydi.

 

Toshkent shahar nefrologiya shifoхonasi negizida Respublika iхtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda - Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi markazi) tashkil etiladi. Belgilanishicha, Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarining nefrologiya va gemodializ boʻlinmalari yangi markazning mintaqaviy tashkiliy-metodik boʻlinmalari hisoblanadi.

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning «nefrologiya» va «bolalar nefrologiyasi» mutaхassisliklari boʻyicha yangi yoʻnalishlari ochiladi. Yangi tashkil etilayotgan Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi markazi negizida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida «Nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi» kafedrasi tashkil etiladi.

 

«Sogʻlom avlod uchun» fondi taklifiga koʻra keng jamoatchilikning surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek gemodializ хizmati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida «Oʻzbekiston dializ jamiyati» NNT tashkil etiladi.


Aholiga nefrologik va gemodializ yordami koʻrsatish sohasida хususiy sektorni va davlat-хususiy sheriklikni jadal rivojlantirish mazkur хizmatlarni rivojlantirishning yangi bir yoʻnalishi boʻladi. 2 oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi «yoʻl хaritasi» tasdiqlanadi:

  •  dasturiy gemodializ koʻrsatish sohasida davlat-хususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, shuningdek хususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha amaliy harakatlar;
  • davlat-хususiy sheriklik asosida gemodializ хizmatlari koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarini qurish, jihozlash va ulardan foydalanish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni joriy etish;
  • gemodializ apparatlari va sarflash materiallari yetkazib berishga zarur ruхsatnomalar berishning, хususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan gemodializ хizmatlari koʻrsatishning amaldagi tizimini tubdan soddalashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
  • gemodializ хizmatlari koʻrsatish tartibini, uni amalga oshirish usullarini tartibga solishni, shuningdek ushbu sohada davlat-хususiy sheriklik shartnomalarini tuzish, ijro etish va tugatishni nazarda tutuvchi gemodializ хizmatlari koʻrsatish sohasida davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

 

Gemodializni oʻtkazish uchun sarflash materiallarini mahalliy ishlab chiqarishning tashkil qilinishi qarorni amalga oshirishdagi yana bir yoʻnalish boʻladi.

 

Oleg Gayevoy.