Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHH loyihalari va qabul qilingan NHHlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti tasdiqlandi

05.04.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti hamda hisobot shakllarini tasdiqlash haqida»gi buyruq chiqarildi (AV roʻyхat raqami 3292, 31.03.2021 y.).

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti (keyingi oʻrinlarda − Uslubiyot).
  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash boʻyicha hisobot shakllari.

 

Eslatib oʻtamiz, tartibga solish ta’sirini baholash − loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qoʻllashda vujudga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.

 

Uslubiyotga muvofiq tartibga solish ta’sirini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • «ex-ante» − loyihani tartibga solish ta’sirini baholash;
  • «ex-post» − retrospektiv tahlil (real ma’lumotlar) asosida normativ-huquqiy hujjat bilan joriy etilgan tartibga solish vositasining ta’sirini oʻrganish.

 

«ex-ante» usulini qoʻllashda quyidagilar amalga oshirilishi belgilangan:

  • muammolarni tahlil qilish;
  • tartibga solinishi kerak boʻlgan sohada davlat aralashuvining zaruratini (sabablarini) aniqlash;
  • tartibga solish orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlarni belgilash;
  • muammoni hal qilishda muqobil usullarni oʻrganish, ularning afzalliklari hamda kamchiliklarini aniqlash va tanlangan muqobil usulni qoʻllashning maqsadga muvofiqligini asoslash;
  • loyihaning raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilish;
  • loyiha qabul qilinishidan kutilayotgan natijalarni aniqlash.

 

«ex-post» usulini qoʻllashda quyidagilar amalga oshiriladi:

  • normativ-huquqiy hujjat ta’sir koʻrsatgan manfaatdor tomonlarni tahlil qilish;
  • normativ-huquqiy hujjat bilan oʻrnatilgan tartibga solish vositasining natijadorligi, maqsadlariga erishilganligi hamda uning qoʻllanilishi natijasida vujudga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarini aniqlash;
  • tartibga solish samaradorligini oʻrganish;
  • normativ-huquqiy hujjatning raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilish va boshqalar.

 

Hujjat Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3666-son qaroriga hamda Prezidentning 15.03.2021 yildagi «Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5025-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2021 yildan kuchga kirdi.


                                                                                                                                        Nargiza Vohidova.