Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHH loyihalari: yuridik shaхslar qoʻshib yuborilganda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi

18.05.2016

Yagona portalda Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Loyiha bilan  “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida” Qonunga (25.05.2000 yildagi 71-II-son) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish  taklif qilinayotir.

 

Koʻzda tutilishicha, aynan bir faoliyat turi uchun litsenziyaga ega yuridik shaхslar-litsenziatlar qoʻshib yuborilganda litsenziyalanadigan faoliyat turiga nisbatan litsenziya talablari va shartlariga muvofiq kelishi kerak boʻlgan yangi tuzilgan yuridik shaхs uchun faqat bitta litsenziyani (litsenziatning tanloviga koʻra) qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

 

Litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) litsenziyaning amal qilishi tugagan taqdirda litsensiya qayta rasmiylashtiriladi.

 

“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida” (5.04.2002 yildagi 358-II-son)  va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida” (20.12.2012 yildagi OʻRQ-341-son), shuningdek  "Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” (20.09.2006 yildagi OʻRQ-53-son) Qonunlarga ham tegishli tuzatishlar kiritish taklif qilinmoqda.

 

Quyidagi:

 

“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida” (26.05.2000 yildagi 78-II-son yangi tahriri);

 

“Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻgʻrisida” (19.08.1999 yildagi 813-I-son) qonunlarga yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan taqdirda litsenziyaning amal qilishini saqlash toʻgʻrisidagi normani kiritish taklif qilindi.

 

 

Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.

 

Mavzu boʻyicha material:

 

Mikrokredit tashkilotlarini litsenziyalash tartibi oʻzgardi

 

Ruхsat beruvchi hujjatlarni olish tartib-taomillari soddalashdi