Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NKMK oltin ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi

16.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 10.09.2021 yildagi “Pistali” konida tarkibida oltin boʻlgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasining TIAni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 569-son qarorni qabul qildi.

 

Investitsiya loyihasining qiymati $274 668,9 mingni tashkil etadi. Ob’yektni 2024 yil dekabr oyida foydalanishga topshirish yiliga tarkibida oltin boʻlgan 4 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib olish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlar tashkil etish imkonini beradi.

 

Loyihani amalga oshirish uchun $245 070 ming miqdorida 5 yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan хorijiy kreditlar jalb qilinadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Pistali” konida tarkibida oltin boʻlgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)" investitsiya loyihasi TIAning asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • investitsiya loyihasi boʻyicha хorijiy banklar kreditlarini qaytarish reja-jadvali.

 

"Navoiy KMK" AJ qarz oluvchi boʻlib, investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, хorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi uchun ma’sul hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.