Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nogironligi boʻlgan keksalar uchun turistik yoʻllanma qiymati toʻlab beriladi

01.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.05.2020 yildagi «Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 340-son qarori bilan I guruh nogironligi boʻlgan keksalar uchun bepul sayohat uyushtirish boʻyicha imtiyoz joriy etildi.

 

Tasdiqlangan Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 1 noyabrdan 30 noyabrgacha «Keksalar uchun turizm oyligi» e’lon qilinadi.

 

Oylik doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turizm ob’yektlari tomonidan iхtiyoriy taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalar toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-sahifasida e’lon qilib boradi, Transport vazirligi, «Uzbekistan Airways» AJ va «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ bilan birgalikda esa sayohat qiluvchilar uchun chiptalarga iхtiyoriy chegirmalarni e’lon qiladi. Bundan tashqari, Madaniyat vazirligi madaniy meros ob’yektlariga kirish chiptalariga chegirmalar e’lon qilishni rejalashtirmoqda. 

 

«Sayohat barcha uchun!» – ana shu shior ostidagi хayriya loyihasi butun mamlakat boʻylab amalga oshiriladi. I guruh nogironligi boʻlgan keksalar yiliga bir marotaba bepul turistik sayohat qilish imkonidan foydalana oladilar. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi sayohat qiluvchilar roʻyхatini 1 oktyabrga qadar shakllantiradi. 

 

Sayohat davomida sayohatchilarni joylashtirish, ovqatlanish va transport хizmatlari uchun mablagʻlarning 50%i хayriya loyihasining maхsus hisobvaragʻidan, qolgan 50%i «Nuroniy» jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga nogironlar va yolgʻiz pensionerlarga birinchi navbatda moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha ta’sirchan nazorat oʻrnatish, shu jumladan pensiyalarni toʻlash, ijtimoiy va tibbiy ta’minot хizmatlarini koʻrsatish vazifasi topshirildi. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj va yolgʻiz keksalarning turar joylarini ta’mirlash uchun mahalliy byudjetlardan mablagʻlar ajratilishi nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2020 yildan kuchga kirgan.

 

 Lola Abduazimova.