Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Noruda foydali qazilmalarni hisobga olish va nazorat qilishning yangi tizimi barpo etiladi

06.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2.08.2021 yildagi “Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 483-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Tajriba-sinov doirasida Samarqand viloyati hududidagi barcha noruda foydali qazilmalar konlarida avtomatlashtirilgan nazorat tizimi (ANT) joriy qilinadi.

 

ANT yukni joʻnatuvchilar va oluvchilar, noruda foydali qazilmalarning har bir turining nomi va hajmi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

 

"Noruda-nazorat" AATni DXSh asosida ishlab chiqish bilan Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki rezidentlari oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlov asosida aniqlanadigan operator shugʻullanadi.

 

Shunday tartib oʻrnatilmoqdaki, unga muvofiq 2021 yil 1 noyabrdan boshlab qurilish tashkilotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korхonalar foydalanilgan noruda qazilmalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni DSQ tomonidan tasdiqlangan shakllarda soliq organlariga elektron shaklda soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabineti orqali taqdim etadi.

 

DSQga uch oy muddatda tovar-transport yukхatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish orqali elektron hisob-fakturalarni avtomatik ravishda shakllantirish tizimini yaratish va yil yakuniga qadar noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlarda joriy qilish topshirildi.

 

2022 yil 15 yanvarga qadar Samarqand viloyatida "Noruda nazorat" tizimini joriy qilish natijadorligi boʻyicha ushbu tizimni respublikaning qolgan hududlariga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.