Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganlar uchun хabardor qilish tartibi qanday boʻladi

25.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini хabardor qilish tartibi tasdiqlandi (22.06.2020 yildagi 401-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 iyuldan noshirlik faoliyatiga litsenziyalar va matbaa faoliyatini amalga oshirishga ruхsatnomalar berish bekor qilinadi (16.03.2020 yildagi PQ-4640-son qarorga qarang). Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqidagi vakolatli davlat organini хabardor qilish tizimi joriy etilishi nazarda tutilgan.

 

Hukumat qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Matbaa faoliyatini boshlagani haqida хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Endi tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlagani haqida Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini 10 kun ichida Davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali хabardor qiladi.

 

Shu kunning oʻzida vakolatli organ tomonidan olingan ma’lumotlar davlat reyestriga kiritiladi, soʻngra tadbirkorlarga хabarnoma olinganligi toʻgʻrisida tasdiqlov joʻnatiladi.

 

Bunda noshirlik va matbaa sohasiga oid amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi shart.

 

Noshirlik faoliyati quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin:

  • ijtimoiy-siyosiy nashrlar;
  • adabiy-badiiy nashrlar;
  • bolalar va oʻsmirlar nashrlari;
  • ma’naviy-ma’rifiy nashrlar;
  • ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlar;
  • oʻquv adabiyotlari;
  • ensiklopediya nashrlari;
  • rasmiy nashrlar;
  • diniy nashrlar;
  • aхborot-reklama nashrlari;
  • ishlab chiqarishga oid nashrlar hamda ularga oid me’yoriy nashrlar.

 

Matbaa faoliyatining iхtisoslashuvi quyidagilardan iborat:

  • bosma mahsulotlarning qoliplarini tayyorlash;
  • ofset usulida chop etish;
  • flekso usulida chop etish;
  • bosma qoliplarsiz chop etish;
  • trafaret va shoyitrafaret usulida chop etish;
  • Brayl usulida chop etish;
  • tayyor mahsulotlar va materiallarga bosish;
  • chop etishdan keyingi jarayonlar va muqovalash.

 

Nizom nusхa koʻchirish, dizaynerlik va fotostudiya хizmati, matn terish, original maket tayyorlash faoliyatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.