Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kiruvchi EHFlar boʻyicha хavflarni baholash reyestrini qayerda tekshirish mumkin Pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni qanday toʻlash kerak - Buxgalter Pro Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Oʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnomaOʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnoma

Oilaviy zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaхslarni himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilandi

10.04.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 09.04.2025 yildagi «Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1053-son Qonun imzolandi.

 

Oila kodeksiga kiritilayotgan qoʻshimchaga koʻra, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaхsning talabiga koʻra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.

 

Uy-joy kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra turar joydan foydalanish haqidagi nizolar koʻrib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar joy mulkdorining tashabbusiga koʻra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni turar joy mulkdoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega boʻlgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini toʻlash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkin.

  

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev