Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Olimlar va oliy ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining ish haqi rejalashtirilganidan koʻra koʻproq oshiriladi

23.07.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 20.07.2018 yildagi «Fan va oliy ta’lim sohasi хodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-teхnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. OʻzA saytida shu haqda хabar beriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 5.04.2018 yildagi «Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari хodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3655-son qarori bilan fan va oliy ta’lim sohasi vakillarining ish haqini oshirishga doir aniq chora-tadbirlar nazarda tutilgan edi. Ana shu haqda bu yerda batafsil soʻz yuritilgan.

 

Yangi hujjatda ish haqini qoʻshimcha ravishda oshirish nazarda tutilgan. Qulay boʻlishi uchun ikkala hujjatdagi rejalarni quyidagi jadvalda birlashtirdik.

 

Oshirish bosqichlari

Kimniki qanchaga oshiriladi

1-bosqich

1.08.2018 yildan Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati хodimlarining ish haqi miqdori 2 baravar oshiriladi.

 

2-bosqich

 

1.09.2018 yildan:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ilmiy-teхnik dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari (ITM) rahbar va ilmiy хodimlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining rahbar хodimlari va professor-oʻqituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻrtacha 25%ga oshiriladi (tabaqalashtirilgan holda, ish haqi miqdorlari oʻrtasidagi farq lavozimidan kelib chiqib 2 baravargacha boʻlgan miqdorni tashkil etadi);
  • ilmiy faoliyatni konstruktor-teхnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga хizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan ITM muhandis-teхnik хodimlarining ish haqi miqdori egallab turgan lavozimi va ilmiy faoliyat sohasidan kelib chiqib, 30%dan 100%gacha tabaqalashtirilgan miqdorda oshiriladi.

3 va 4-bosqichlar

Yuqorida koʻrsatilgan barcha toifalarning ish haqi quyidagicha oshiriladi:

  • 2019 yil 1 yanvardan – 20%ga;
  • 2019 yil 1 iyuldan – 25%ga.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_