Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarning ishga joylashishi toʻgʻrisida hisobot beradilar

07.09.2019

Rus tilida oʻqish

2019/2020 oʻquv yili boshiga oliy ta’lim muassasasi statistika hisobotining yangi shakli tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3083-3, 4.09.2019 yil).

                    

«Kunduzgi ta’lim shaklidagi bakalavriat talabalarining kurslar,
ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha taqsimoti» yillik hisobot shaklining 1-boʻlimiga tuzatishlar kiritildi. Quyidagilar ham koʻrsatilishi lozim:

  • toʻlov-kontrakt asosida oʻqigan bakalavriat bitiruvchilarining nechtasi egallagan bilimlari yoki oʻхshash ta’lim yoʻnalishi boʻyicha ishga joylashganligi, shuningdek boshqa faoliyat sohasiga ishga joylashganlar soni;
  • grant asosida oʻqigan va ishga yoʻllanma olgan bakalavriat talabalarining nechtasi berilgan yoʻllanma boʻyicha ishga joylashganligi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.