Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Olis va chekka mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun subsidiyalar ajratiladi

18.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022 yildagi «Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 596-con qarori qabul qilindi.

 

Olis va chekka tumanlarda joylashgan 252 ta mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlari kasanachilikni tashkil etgan paytdan boshlab 3 oydan soʻng bir marotabalik subsidiyani ajratishni soʻrab, yozma ravishda Bandlikka koʻmaklashish markazi yoki YaIDXP orqali murojaat etishlari mumkin. 

 

Bir marotabalik subsidiya har bir kasanachi uchun uning bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida toʻlanadi (Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan).

 

Shuningdek, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlarga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”  yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalarni хarid qilib berish harajatlarining 50% qoplanadi (biroq 15 BHMgacha). 

 

Ma’lumot uchun: rejaga koʻra, ushbu subsidiya va mablagʻlarni toʻlash uchun har yili quyidagi miqdorlarda pul ajratilishi nazarda tutilmoqda:

  • Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan – 1,25 mlrd soʻm;
  • Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan – 5,4 mlrd soʻm.

 

Hujjat bilan:

  • Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida;
  • Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik sub’yektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar хarid qilib berish хarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida;
  • Nodavlat ta’lim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni kasbga oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazzasida e’lon qilingan va 15.10.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.