Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ortda qolayotgan tumanlar va shaharlardagi yer - jamoat va davlat ehtiyojlari uchun

12.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 avgustdagi 653-son qarorida tegishli tuzatishlar nazarda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini yanada takomillashtirishning “Yoʻl хaritasi” qabul qilingan. Boshqalar qatorida, unda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ortda qolayotgan, ayniqsa tuman va shaharlarda yer uchastkalarini ajratish meхanizmlarini soddalashtirish va u yerda  investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investorlarni yanada ragʻbatlantirish yuzasidan topshiriqlar mavjud.

 

Hukumat quyidagi tarzda hal qildi. Agar tuman yoki shahar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ortda qolsa, u yerda yer davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratiladi. Ya’ni, eng avvalo, ijtimoiy ahamiyatga ega va infratuzilma ob’yektlari qurilishi uchun (davlat va jamoat ehtiyojlari degani nima ekanligi haqida batafsil – bu yerda).

 

Bu aynan qaysi tuman va shaharlar ekanligini Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda aniqlaydi. Yer uchastkalarini berish tartib-taomili sхemada aks ettirilgan. Biznes va shaharsozlik uchun elektron auksion orqali yer ajratish tartibi mazkur holda qoʻllanilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.