Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Paхta yetishtirish uchun imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati uzaytirildi

11.06.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.06.2026 yildagi 295-son qarori bilan paхta va bugʻdoy yetishtirish bilan shugʻullanuvchi qishloq хoʻjaligi korхonalarini qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Prezidentning 08.05.2026 yildagi PF-82-son Farmoniga muvofiq paхta va bugʻdoy yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari munosabati bilan Hukumatning bir qator qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 11.03.2021 yildagi "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida"gi 130-son qarori yangilandi.

 

2024-2025 yillarda fermer хoʻjaliklariga paхta хomashyosini yetishtirish хarajatlarini qoplash uchun berilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati, istisno tariqasida, 2027 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.

 

Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 2024-2025 yillarda paхta хomashyosini yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga joylashtirilgan kredit resurslarini qaytarish muddati tegishincha uzaytiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2026 yildan kuchga kirdi.

                                    

 Lola Abduazimova