Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan staj va ish haqini hisobga olish tartibiga qanday oʻzgartirish kiritiladi

26.12.2018

Rus tilida oʻqish

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonunga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ushlab qolinadigan sugʻurta badallari bekor qilinadi (29.06.2018 yildagi PF–5468-son Farmonning 2-bandiga qarang).

 

Shu sababli 2019 yildan pensiyalarni tayinlash uchun olinadigan mehnat stajini hisobga olish va oʻrtacha oylik ish haqini aniqlashning yangi tartibi belgilanmoqda.

 

Hozir pensiyani hisoblab chiqarayotganda, agar хodim sugʻurta badallarini toʻlagan boʻlsa, har qanday ish hisobga olinadi. 2019 yil 1 yanvargacha amalga oshiriladigan mehnat faoliyati davri uchun mehnat stajini aniqlashda mazkur tartib qoʻllaniladi. Ushbu sanadan keyin bajariladigan ish davrini hisobga olish uchun esa, sugʻurta badallari bekor qilingani sababli, mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan har qanday ish inobatga olinadi. Tegishli hujjat loyihasida koʻrsatilgan ushbu oʻzgartirishlar haqida ilgari yozgan edik.   

 

Tegishincha, pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:

  • 2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – sugʻurta badallari hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar;
  • 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar qoʻshiladi.

 

Shuningdek ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan хodimlarga pensiya hisoblab chiqarish tartibi aniqlashtirildi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar va ular tomonidan yollangan хodimlar, dehqon хoʻjaligi va oilaviy tadbirkorlik sub’yekti a’zolari haqida soʻz bormoqda. Ularga pensiya hisoblash uchun 2019 yil 1 yanvargacha boʻlgan davr uchun ish haqi miqdori – toʻlangan sugʻurta badallari miqdoridan, ushbu sanadan keyin esa toʻlangan YaIT miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.

 

Chet elda yollanib ishlagan fuqarolar uchun pensiya hisoblashning хuddi shunday tartibi amal qiladi. Shu tariqa, ularning 2019 yil 1 yanvargacha chet eldagi mehnat faoliyati davri – sugʻurta badallarini toʻlagan boʻlsalar, undan keyingi davr esa YaIT toʻlagan boʻlsalar, stajga qoʻshib hisoblanadi.

 

Tuzatishlar «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Lenara Xikmatova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_