Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezidentning 2 ta yangi hujjatida sud qarorlarini Internetda e’lon qilish nazarda tutilgan

16.07.2018

Rus tilida oʻqish


PF–5482-son Farmonda va PQ–3852-son qarorda shu haqda soʻz yuritilgan. Ikkala hujjat 13.07.2018 yilda qabul qilingan.

 

Eslatib oʻtamiz, sud qarorlarini veb-saytlarda joylashtirish 2016 yil oktyabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, хususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturida (26-band) nazarda tutilgan edi. 2017 yilda tegishli dasturiy ta’minot ustida ish boshlandi (batafsilroq – bu yerda).

 

Parallel ravishda qonun normalarini tayyorlash ustida ish olib borildi. Masalan, Jinoyat-protsessual kodeksga kiritiladigan, jinoyat protsessida ana shunday amaliyot joriy etilishini nazarda tutadigan tuzatishlar 19.10.2018 yildan boshlab kuchga kiradi. Tomonlar oshkor qilishga qarshi boʻlishlari mumkinligi hisobga olinib, ularning roziligini ham olish talab etiladi. Agar rozilik olinmasa, biroq sud e’lon qilishni zarur deb hisoblasa, qaror sudning veb-saytida shaхsni koʻrsatmay (protsess ishtirokchilari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrsatmay) joylashtiriladi. Yopiq sud majlislarida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha sud qarorlarini har qanday holatda e’lon qilish taqiqlangan. Yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksdagi shunga oʻхshash normalar kuchga kirdi. Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksda bunday qoidalar hali mavjud emas.  

 

Yangi hujjatlarga (PF–5482 va PQ–3852) muvofiq, sud qarorlarini e’lon qilish masalalarini tartibga solishga doir yondashuvga birmuncha tuzatish kiritildi. 

 

Birinchidan, sud qarorlari markazlashtirilgan tarzda, ya’ni har bir sudning veb-saytida alohida emas, balki Oliy sud saytida e’lon qilinadi.   

 

Ikkinchidan, iqtisodiy sudlarning qarorlari uchun e’lon qilish majburiy hisoblanadi. Jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha buning uchun tomonlarning roziligi talab etiladi. Shu bilan birga, yopiq sud majlislari boʻyicha qarorlar Internetda joylashtirilmaydi. Qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasi 2018 yil sentyabrigacha tayyorlanadi.

 

Zarur dasturiy ta’minotni joriy etish boʻyicha ikki yillik ish 2018 yil noyabrida yakuniga yetkazilishi kerak.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_