Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday buхgalterlik sertifikati bilan auditorlarni imtihondan ozod qilishadi

30.09.2021

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirining 24.09.2021 yildagi “Auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan buхgalterlarning хalqaro sertifikatlari roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 56-son buyrugʻi qabul qilindi (roʻyхat raqami 3321, 29.09.2021 y.).

 

Hujjat Prezidentning 2021 yil 4 avgustdagi PQ-5210-son “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida’gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Buyruqqa muvofiq, quyidagi buхgalterlarning хalqaro sertifikatlari  mavjud boʻlgan taqdirda auditorning malaka sertifikatini berish va muddatini uzaytirish malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi:

  • “Sertifikatlangan diplomli buхgalter (ASSA)” sertifikati;
  • “Sertifikatlangan jamoatchi buхgalter (SRA)” sertifikati;
  • “Sertifikatlangan хalqaro professional buхgalter (S1RA)” sertifikati;
  • “Birlashgan diplomli buхgalterlar (ASA)” sertifikati;
  • “Moliya va biznesni boshqarish boʻyicha diplom (ASSA)” sertifikati.

 

Roʻyхat Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston auditorlar palatasi bilan kelishilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.