Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qibray tumanida «Invest Village» shaharchasi tashkil etiladi

21.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 apreldagi 242-son qarorida nazarda tutilgan. 

 

Investorlar uchun shaharcha Toshkent viloyati Qibray tumani «Tuzel» qishloq fuqarolar yigʻini Tinchlik koʻchasida joylashtiriladi.

 

2013 yilda 40 gektarlik ushbu yer uchastkasi «Super Garden» MChJga meva, rezavor meva yetishtirish va uzumchilikni rivojlantirish uchun 49 yilga ajratilgan edi. Biroq tuproqning ball boniteti pastligi sababli ushbu hudud aholi punktlarining yerlari toifasiga oʻtkazilib, unda Turkiyaning «Toleza Tekstil Sanayi Iҫ ve Diş Tic. Ltd. Şti.» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Invest Village» investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

 

Ajratilgan uchastkada chet el investorlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy shaharcha tashkil etiladi. «Invest Village» loyihasining umumiy qiymati – 25 mln AQSh dollari, shundan 20 mln – 2020-2021 yillarda toʻliq oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan turkiyalik hamkorning toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalari, 5 mln esa «Super Garden» MChJ tomonidan ajratilmoqda.

 

Yangi korхona 100 ta ish oʻrnini tashkil etish imkonini beradi, loyiha doirasida qurilayotgan uy-joylarning 5%i esa Toshkent viloyati hokimligiga beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lenara Xikmatova.