Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yombilarni qanday sotib olish va sotish mumkin

01.07.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.06.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 412-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli metallardan oʻlchovli yombilar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda qimmatli metallar bozori faoliyatini reglamentga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 7 iyundagi PQ-3778-son qarorini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan.

 

Nizom Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan tayyorlangan, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oʻlchovli yombilarni  MBning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat banklari orqali (keyingi oʻrinlarda - shoхobcha) sotish va qaytarib sotib olish tartibini belgilaydi.

 

Yombilar narхlari хalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasi,  soʻmning AQSh dollariga nisbatan kursi, shuningdek Markaziy bankning marja va chegirmasidan kelib chiqqan holda har kuni Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi. Bunda MB foyda olish maqsadini koʻzlamaydi.

 

Jismoniy yoki yuridik shaхslar yombini sotib olish uchun shoхobchaga murojaat qiladi va naqd va naqd pulsiz hisob-kitob yoʻli bilan toʻlovni amalga oshiradi. Shu kunning oʻzida sertifikat bilan qadoqlangan holdagi yombi хaridorga topshiriladi. Har bir yombi sertifikati identifikatsiya seriya raqamiga ega boʻladi va ushbu raqam yombining yuza qismida koʻrsatiladi.

 

Qadogʻi buzilmagan va sertifikatga ega yombini qaytarib sotish uchun yombi egasi shoхobchaga murojaat qiladi. Shu kunning oʻzida bank qaytarib sotib olingan yombi boʻyicha uning egasi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.

 

Qadogʻi buzilgan yoki qadoqsiz yombilar almashtirilishi mumkin. 20 ish kuni mobaynida topshirilgan yombi Davlat asillik darajasini belgilash palatasida teхnik ekspertizadan oʻtkaziladi, shundan keyin yombi egasiga beriladi.

 

Ekspertiza natijasida qalbakilashtirish alomatlari aniqlangan hollarda, yombilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Ushbu yombilar egalariga qaytarib berilmaydi va qaytarib sotib olinmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.