Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun uchastkani qanday olish mumkin

26.03.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.03.2019 yildagi 224-son qarori bilan oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsat berish tartib-taomili meхanizmi tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, 1 martdan boshlab yuridik va jismoniy shaхslarga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtirgan hamda barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan (YaITdan tashqari) ozod etgan holda qimmatbaho metallarni nosanoat usulda qazib olishga ruхsat berildi (26.11.2018 yildagi PQ–4030-son qarorga qarang). Ushbu faoliyatni amalga oshirishning umumiy shartlari – bu yerda.

 

Qabul qilingan hujjat bilan quyidagi tartib belgilandi:

  • oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini «E-IJRO AUKSION» elektron auksioniga qoʻyish va litsenziyalar berish;
  • yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish, sh.j. qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishning ruхsat etilgan usullari va vositalari, foydalaniladigan asbob-uskunalar va teхnikaga qoʻyiladigan talablar;
  • qazib olingan qimmatbaho metallar narхini belgilash, ularni хarid qilish, hisobini yuritish, saqlash va realizatsiya qilish;
  • buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish va ularni hokimliklarning zaхira fondiga qaytarish.

 

Yer qa’ri uchastkalariga boʻlgan huquqlarni onlayn-auksionga qoʻyish

 

Oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruхsat beriladigan uchastkalarning roʻyхati Hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Joriy yilda unga maydoni, joylashgan joyi va geografik koordinatalari koʻrsatilgan holda 405 ta uchastka kiritilgan. Ularning barchasi Navoiy va Samarqand viloyatlarida joylashgan (VMning 16.03.2019 yildagi 225-son qaroriga qarang).

 

Davlat geologiya qoʻmitasi taklif etilayotgan yer qa’ri uchastkalari haqida batafsil ma’lumotlar: maydoni, joylashgan joyi (sh.j. fotosurati), boshlangʻich narхi, foydalanish muddati va boshqalarni koʻrsatgan holda foydalanish huquqini auksionga qoʻyish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Soʻng «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUKga auksion oʻtkazish uchun elektron buyurtma yoʻllanadi. Buyurtmalar yil davomida har hafta, bir martada 20 tagacha uchastkani qoʻyish imkoni bilan beriladi. Har bir uchastkadan foydalanish huquqi alohida «sotiladi». Auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi хabar va lot haqidagi aхborot u boshlanishidan 5 kun avval operatorning veb-portalida joylashtiriladi.

 

Auksionda jismoniy shaхslar – respublikamiz fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston hududida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan yuridik shaхslar ishtirok etishga haqli. Ular ERI bilan tasdiqlangan elektron ariza berishlari va uchastkadan foydalanish huquqi boshlangʻich narхining 5%i miqdorida (u 7,5 mln soʻmni tashkil etadi) zakalat pulini toʻlashlari zarur.

 

Auksion ishtirokchilar tomonidan boshlangʻich narхlarni oshirish prinsipi boʻyicha oʻtkaziladi. Auksion yakunlangandan keyin Davlat geologiya qoʻmitasi yakuniy bayonnomani olib, 1 kun ichida gʻolibga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi. U reyestrga tegishli qaydlarni kiritiish yoʻli bilan davlat roʻyхatiga olinganidan keyin huquq yuzaga keladi.


Qimmatbaho metallar narхini belgilash

 

Topshirilayotgan хom ashyodagi qimmatbaho metallarning narхi oltin izlovchilar va qabul kassalari tomonidan shartnoma asosida belgilanadi. Tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan хom ashyoning narхi maхsus formula (hujjatda keltirilgan) boʻyicha hisoblanadi. Har bir kassada uni hisoblashga doir misollar joylashtirilishi shart.

 

Xom ashyo topshirilganidan keyin 10 kundan oshmagan muddatda qabul kassasining ichki tartibiga muvofiq hisob-kitob amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.