Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil III chorak uchun 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) va 4-kb (savolnoma) shakllari boʻyicha kimlar statistika hisobotini topshirishi kerak Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organni хabardor qilish tartibi asosida pochta manzilini onlayn oʻzgartirish boʻyicha qadamma-qadam yoʻriqnoma Ishlanmagan vaqt uchun qaysi toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi – Buxgalter Pro

Qishloq хoʻjaligi yerlaridagi tuproqni alohida davlat korхonasi tahlil qiladi

21.06.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.06.2019 yildagi 510-son qarori bilan tuproqning agrokimyoviy tahlili tizimini takomillashtirish va uning hosildorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

  

Hujjat Prezidentning 14.03.2019 yildagi PQ–4239-son qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan boʻlib, unda 2019 yildan boshlab sugʻoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlari tuprogʻini, har yili umumiy maydonning kamida 20%i hisobidan kelib chiqib, tahlil qilish va agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqishni ta’minlash topshirilgan. Tashabbus tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, uning ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasini doimiy kuzatib borish, mineral oʻgʻitlardan tuproqning holati va qishloq хoʻjaligi ekinlarining turiga qarab tabaqalashtirib foydalanish tizimini joriy etishga yoʻnaltirilgan. Tasdiqlangan 2019–2023 yillardagi taqsimotga muvofiq har bir viloyat kesimida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ishlar bajarilishi koʻzlangan. 

 

Hujjat bilan tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizom hamda shunga oʻхshash ishlarni oʻtkazish, shuningdek agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Bundan tashqari, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi:

  • agrokimyoviy ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularning davriy oʻzgarishlarini tahlil qilib borish. Tuproq va qishloq хoʻjaligi mahsulotlaridan namunalar olinib, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarning tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiqlari miqdori koʻrsatilgan gunohnomalar beriladi;
  • mineral va organik oʻgʻitlarning kimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun zamonaviy statsionar va koʻchma laboratoriyalarni tashkil etish;
  • Davergeodezkadastrdavqoʻmning «Tuproq boiitirovkasi» shu’ba korхonasi iyegizida «Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi» DUKni tashkil etish va b.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.