Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligida 100 kg dan oshmagan dronlardan foydalanish mumkin

03.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 29.11.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021 yil 24 fevraldagi PQ-5006-son qarori munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 721-son qarorni qabul qildi.

 

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (31.08.2016 yildagi 287-son VMQ bilan tasdiqlangan) fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalariga qoʻyiladigan talablarga oʻzgartirishlar kiritildi. Ularning maksimal uchish vazni 25 kg dan koʻp boʻlmasligi kerak, bundan qishloq хoʻjaligida agroteхnika tadbirlari uchun moʻljallangan uchuvchisiz uchish qurilmalari mustasno, ularning uchish vazni 100 kg dan oshmasligi kerak.

 

Shuningdek, Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 116-bandi (16.03.2019 yildagi 224-son VMQ bilan tasdiqlangan) yangi tahrirda bayon etildi, unga asosan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) loyihalari Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan 15 kun ichida amalga oshiriladi.

 

Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (25.05.2011 yildagi 146-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, nobudgarchiliklar miqdori oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti va uning hududiy boʻlinmalari, Qurilish vazirligi qurilish boʻlim (boshqarma)lari tomonidan baholash tashkilotini jalb etgan holda aniqlanadi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 


Lola Abduazimova.