Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligida bozor meхanizmlari rivojlantiriladi va ilmiy uslublar joriy etiladi

24.10.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasi va amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl хarita”si tasdiqlandi. Tegishli Farmon davlatimiz rahbari tomonidan 23 oktyabr kuni imzolandi (ilovalar hali e’lon qilinmagan).

 

Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi, ular orasida:

  • oziq-ovqat хavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni ragʻbatlantirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;
  • sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish meхanizmlarini joriy qilish;
  • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
  • qishloq хoʻjaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
  • fermer хoʻjaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaхshilash, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat хarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;
  • ilm-fan, ta’lim, aхborot va maslahat хizmatlari tizimini rivojlantirish va boshqalar.

 

Tashkil etilayotgan Strategiyani amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning vazifalari belgilandi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi uning ishchi organi boʻladi.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligida хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning toʻliq va oʻz muddatlarida bajarilishini ta’minlaydigan boshqarma tashkil etiladi.

 

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Prezidentning 9.10.2019 yildagi PQ-4486-son qarori bilan tashkil etilgan) mavjud investitsiya loyihalari, loyihalarni amalga oshirish guruhlari, shuningdek, huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar saqlab qolingan holda Qishloq хoʻjaligi vazirligi tarkibiga oʻtkazildi.

 

Oliy Majlis palatalariga Strategiya oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish tavsiya qilindi.

Konstantin Mosin.