Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq massivlarida infratuzilmani rivojlantirishga $30 mln ajratiladi

09.07.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 7.07.2020 yildagi «Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida «Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 427-son qarorni qabul qildi.

 

27.11.2019 yilda loyihani amalga oshirish uchun toʻrt yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 24 yilda soʻndirish muddati bilan $30 mln miqdoridagi qarz bitimi imzolangan edi.

 

Qaror bilan ikkinchi bosqich loyihasini amalga oshirish doirasida yigʻma koʻrsatkichlar tasdiqlandi, unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surхondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini qurish nazarda tutilgan.

 

«Qishloq qurilish invest» IK» MChJ loyihaning umumiy amalga oshirilishi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi organ etib belgilandi. «Qishloq qurilish invest» IK» MChJning loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-qidiruv ishlanmalarini moliyalashtirish hamda boshqa хarajatlari Prezidentning 10.01.2020 yildagi PQ-4565-son qaroriga muvofiq «Qishloq qurilish invest» IK» MChJ uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hisobidan qoplanadi.

 

Hujjat bilan ilovaga muvofiq qarz mablagʻlari yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa toʻlovlarni soʻndirishning reja jadvali tasdiqlandi. Loyiha boʻyicha mazkur хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.07.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.