Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaning UFga qoʻshgan mulkiy hissasi soliq solish maqsadida eksport hisoblanadimi 2025 yilda Oʻzbekistonda soliqlar va yigʻimlar: turlari, stavkalari, hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari Mehnat va ish haqi

Qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanadi

01.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 29.03.2022 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-761-son Qonun imzolandi.

 

Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga muvofiq, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sud tomonidan har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻla hajmda qoplanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.