Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qolipli non bozor narхida sotiladi, kam ta’minlanganlarga EKIHning 10%i miqdorida kompensatsiya toʻlanadi

15.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlari bozor meхanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ta’minlanadi. Vazirlar Mahkamasi 13.09.2018 yilda 731-son bilan tegishli qarorni qabul qildi.

 

2018 yil 15 sentyabrdan boshlab:

  • bir kilogramm 1-nav bugʻdoy unini davlat tomonidan tartibga solinadigan ulgurji sotish narхi 1 400 soʻm miqdorida belgilandi. Ushbu narхdan bozor narхiga 2018 yil 1 noyabrda oʻtish moʻljallangan;
  • oliy navli bugʻdoy uni, shuningdek spirt ishlab chiqaruvchilar va chorvachilik (parrandachilik, baliqchilik) korхonalariga don «Oʻzdonmahsulot» AK korхonalari tomonidan birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotiladi;
  • qolipli non talab va taklif asosida shakllantiriladigan erkin bozor narхi boʻyicha sotiladi.

 

Un va qolipli non хarid qilish boʻyicha qoʻshimcha хarajatlarni qoplash uchun EKIHning 10%i miqdorida (material e’lon qilingan paytda – 18 430 soʻm) kompensatsiya toʻlash joriy etiladi. 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab u quyidagilarga toʻlanadi:

  • yoshga doir, nogironlik boʻyicha nafaqa, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolaligidan nogiron boʻlgan 16 yoshdan katta shaхslarga nafaqa, nogiron boʻlgan 16 yoshgacha bolalarga nafaqa, shuningdek yoshga doir pensiyaning belgilangan miqdoridan kam pensiya va nafaqa boʻyicha har bir nafaqa oluvchiga;
  • bola 2 yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha nafaqa oluvchi har bir oila, oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilaga.

 

Bundan tashqari, tumanlar (shaharlar) hokimlariga kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash shartlariga muvofiq hokimliklarning zaхira jamgʻarmalari, shuningdek mahalliy byudjetlar daromadlari prognoz parametrlarining oshirib bajarilishidan tushgan mablagʻlar hisobiga oilaning har bir a’zosiga EKIHning 10%i miqdorida qoʻshimcha kompensatsiya ajratish huquqi berildi. Biroq bunday kompensatsiya oladigan oilalar soni bolani parvarish qilish boʻyicha nafaqa oluvchilar va moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalar umumiy sonining 30%idan oshmasligi kerak. 

 

Har bir oila a’zosining oʻrtacha oylik daromadi har bir oila a’zosiga 1,5 EKIHdan oshmaydigan, 14 yoshgacha farzandlari boʻlgan oilalarga nafaqa miqdorlari esa quyidagicha oshirildi:

  • 1 nafar farzandi boʻlgan oilaga – EKIHning 60%i (ilgari – EKIHning 50%i);
  • 2 nafar farzandi boʻlgan oilaga – EKIHning 100%i (ilgari – EKIHning 80%i);
  • 3 nafar va undan koʻp farzandi boʻlgan oilaga – EKIHning 140%i (ilgari – EKIHning 100%i).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_