Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoraqalpogʻistonda davlat mulki yangi tartib boʻyicha sotiladi

30.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.11.2023 yildagi 625-son qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat mulki ob’yektlarini elektron tanlov asosida eng yaхshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’yektlari uch oy muddatda sotilmagan taqdirda, ular «E-auksion» elektron savdo platformasida tanlov asosida eng yaхshi taklifni bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotiladi.

 

Hujjatda quyidagi tartib belgilanadi:

  • davlat mulki ob’yektlari boʻyicha investitsiya majburiyatlari miqdorini aniqlash tartibi;
  • tanlov natijalarini rasmiylashtirish va davlat mulki ob’yektini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tuzish tartibi.

 

Davlat mulkini sotish uchun tanlovni tashkil etishda quyidagilar majburiy ravishda koʻrsatiladi:

  • investitsiya miqdori;
  • investitsiya kiritish muddati;
  • davlat mulki ob’yektinining yangi boshlangʻich narхi miqdori. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.