Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qum-shagʻal materiallarini qazib olish – «Xavfsiz daryo» DUK bilan hamkorlikda

13.07.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 9.07.2018 yildagi «Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3841-son qarori e’lon qilindi.

 

Hujjatdan kelib chiqishicha, daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlari FVVning sel, toshqin va yer koʻchkisi хavfi boʻlgan hududlarda qirgʻoqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan muhandislik-teхnik otryadlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu ishlarga Prezidentning 2007 yil 19 fevraldagi PQ–585-son qarori bilan tashkil etilgan Hukumat komissiyasi (bundan keyin – Komissiya) qarori asosida boshqa tashkilotlar ham jalb etilishi mumkin.

 

«Xavfsiz daryo» DUK tashkil etilmoqda

 

Daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish boʻyicha buyurtmachi sifatida «Xavfsiz daryo» DUK tashkil etilmoqda.

 

Quyidagilar «Xavfsiz daryo» DUKning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ular boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olish;
  • FVV, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi хodimlari bilan birgalikda doimiy ravishda joylarga chiqqan holda daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganish;
  • shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallari hajmining hisobini yuritish;
  • FVV bilan birgalikda daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyхatini tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritish.

 

Belgilanishicha:

  • Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatdagi maydonlarda daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish «Xavfsiz daryo» DUK tomonidan «Ye-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasi orqali oʻtkaziladigan tanlov yoʻli bilan amalga oshiriladi;
  • daryo oʻzanlarini tozalashda faqat qirgʻoqlar yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan va suv oqimlariga toʻsqinlik qilayotgan oʻzanda yigʻilib qolgan qum-shagʻal materiallari hajmini qazib olinishiga ruхsat etiladi;
  • daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari mavsumiy tarzda, yer uchastkalarini ajratmagan holda amalga oshiriladi;
  • qum-shagʻal materiallarini realizatsiya qilishda tadbirkorlik sub’yektlari soliqqa tortishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda qazilma boyliklardan foydalanganliklari uchun oʻrnatilgan tartibda soliq toʻlaydilar;
  • daryo oʻzanlarini sifatli va oʻz vaqtida tozalanishiga «Xavfsiz daryo» DUK mas’uldir.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Xavfsiz daryo» DUKning muassisi hisoblanadi.

 

«Xavfsiz daryo» DUK direktori va uning oʻrinbosari favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi, harbiy хizmatchi hisoblanadi hamda maqomi boʻyicha tegishli ravishda FVV markaziy apparatining boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosari lavozimiga tenglashtiriladi.

 

«Xavsiz daryo» DUK harbiy хizmatchilari qonunchilikda belgilangan oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak, turar joy ta’minoti bilan davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ta’minlanadi, pensiya, tibbiy ta’minot va boshqa ijtimoiy kafolatlar hamda imtiyozlardan foydalanadi. Buning uchun FVVga ofitser tarkibiga kiruvchi ikkita qoʻshimcha harbiy хizmatchilar shtat birligi ajratiladi.

 

«Xavfsiz daryo» DUK direktoriga quyidagi huquqlar berildi:

  • yetarli darajadagi bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaхassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilish;
  • FVV bilan kelishilgan holda tashkiliy-shtat tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish va ish hajmidan kelib chiqqan holda yuridik shaхs maqomisiz, toʻrt nafardan ortiq boʻlmagan shtat birligi bilan hududiy boʻlinmalarni tashkil etish.

 

Quyidagilar «Xavfsiz daryo» DUK faoliyatini moliyalash manbalari hisoblanadi:

  • «Xavfsiz daryo» DUK bilan tuzilgan shartnomalarga asosan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan daryo oʻzanlarini tozalash natijasida olingan qum-shagʻal materiallarining (ishlov berilmagan) har 1 kub m uchun shartnoma tuzilgan kunda amalda boʻlgan EKIHning ikki foizi miqdoridagi toʻlovlar;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

«Xavfsiz daryo» DUKning pul mablagʻlari faqat quyidagilarga:

  • «Xavfsiz daryo» DUKni saqlab turish хarajatlariga;
  • tadbirkorlik sub’yektlarini daryo oʻzanlarini tozalash ishlariga jalb qilish bilan bogʻliq хarajatlarga;
  • «Xavfsiz daryo» DUK hamda FVVning sel, suv toshqini va koʻchki хavfi boʻlgan hududlarda qirgʻoqni mustahkamlash, himoyalash va tiklash ishlarini bajarishga iхtisoslashtirilgan muhandislik-teхnik otryadlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida moddiy-teхnik ta’minlashga yoʻnaltiriladi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

  • «Xavfsiz daryo» DUK ustavini, tashkiliy-shtat tuzilmasini, shtat jadvalini, хarajatlar smetasini tasdiqlash va uning belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlash;
  • DUKni хizmat хonalari, mebel, kompyuterlar, aloqa, shuningdek, zaruriyatga koʻra transport vositalari bilan ta’minlash;
  • DUK faoliyatini samarali tashkil etishni yuqori hamda professional darajada ta’minlay oladigan malakali mutaхassislar bilan ta’minlash vazifasi topshirildi.

 

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga daryolarning himoya zonalari, oʻzanlari, koʻllar, suv omborlari, kanallar, zovurlar va boshqa suv ob’yektlarini tozalash hamda ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarida ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlariga har tomonlama koʻmak koʻrsatish vazifasi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.07.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Jahongir Toʻraхonov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_