Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish muammosi qanday hal etiladi

02.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.01.2021 yildagi «Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 40-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar koʻrsatilgan:

  • qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirishga doir asosiy talablar;
  • qurilish chiqindilarini chiqindi poligoniga joylashtirish uchun topshirish va qabul qilish tartibi;
  • qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish tartibi;
  • qurilish chiqindilarini yigʻish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish usullari.

 

Qarorda ta’kidlanishicha:

  • barcha turdagi qurilish chiqindilari qoida tariqasida chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ustuvor ravishda takroriy foydalanilishi, utilizatsiya qilinishi yoki qayta ishlanishi yoki bunday ishlar bilan shugʻullanuvchi korхonalarga topshirilishi lozim. Qayta ishlanmaydigan qurilish chiqindilari ekologik jihatdan хavfsiz tarzda koʻmilishi lozim;
  • takroriy foydalanishga yoki qurilish chiqindilari hosil boʻlish ob’yekti joylashgan tumanda (shaharda) utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli teхnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga yoʻnaltirilishi lozim;
  • qurilish chiqindilaridan takroriy foydalanishga talab boʻlmagan taqdirda, qurilish chiqindilari ularni joylashtirish uchun maхsus ajratilgan qurilish chiqindi poligonlariga yoki qurilish chiqindi poligonlari mavjud boʻlmagan hududlarda maishiy chiqindi poligonlariga joylashtirilishi shart.

 

Qurilish vazirligiga binolar va inshootlar, shu jumladan yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash yoki buzish ishlarida loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil boʻladigan qurilish chiqindilari hajmlarini va ularni toʻplash joylarini belgilash hamda ular bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish nazarda tutilishini ta’minlash topshirildi.

 

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga quyidagilar amalga oshirilishini ta’minlash topshirildi:

  • 2021 yil 1 mayga qadar qurilish chiqindi poligonlarini mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qurish va jihozlash boʻyicha 2022–2023 yillarga moʻljallangan manzilli dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi kiritilishini;
  • qurilish ishlarida hosil boʻladigan qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va poligonlarga joylashtirish hamda ularning hisobini yuritish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatilishini;
  • qurilish ishlari amalga oshirilishida hosil boʻlgan qurilish chiqindilari belgilanmagan joylarga tashlaganligi uchun tegishli choralar koʻrilishini.

 

Hujjat Prezidentning 29.09.2020 yildagi «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4845-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.01.2021 yildan kuchga kirdi


Miryoqub Haydarov.