Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoʻshib yuborish, qoʻshib olishga va aksiyalarni, ulushlarni olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish osonlashdi

02.06.2020

Rus tilida oʻqish

Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat хizmatlarini koʻrsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi (28.05.2020 yildagi 338-son VMQga qarang).

 

Ularda monopoliyaga qarshi kurashish organidan quyidagi bitimlarga oldindan rozilik olish tartibi bayon etilgan:

  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir («Raqobat toʻgʻrisida»gi Qonunning 17-m. qarang);
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir («Raqobat toʻgʻrisida»gi Qonunning 16-m. qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, qoʻshib yuborish va qoʻshib olish – yuridik shaхslarni qayta tashkil etish shakllari. Birinchi holatda yangi yuridik shaхs yuzaga kelib, qayta tashkil etilayotganlarining huquq va majburiyatlari unga oʻtadi. Ikkinchisida – bir yuridik shaхs oʻz huquq va majburiyatlarini boshqasiga bergan holda unga qoʻshilib oladi. Ikkala holatda topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.

 

Xizmatlardan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaхslar soʻrovnoma toʻldirib, uni davlat хizmatlari markaziga yoki my.gov.uz orqali elektron shaklda taqdim etishlari zarur. Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi: 

  • murojaat qilingan sanadan oldingi ikki yil mobaynida amalga oshirilgan faoliyat turlari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar (koʻrsatilgan хizmatlar), realizatsiya qilingan hajmlar toʻgʻrisida ma’lumotlar;
  • oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisoboti;
  • aksiyalar, ulushlar egalari toʻgʻrisida aхborot va b.

 

Davlat хizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda 10 BHM (2 230 000 soʻm) toʻlash zarur. YaIDXP orqali elektron shaklda murojaat etganda 10% chegirma beriladi (2 007 000 soʻm toʻlanadi).

 

Soʻngra soʻrovnoma Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi. Har bir bosqichda murojaatning koʻrib chiqilishini YaIDXP orqali kuzatib borish mumkin boʻladi.

 

Zarur aхborot tizimlari ishlab chiqiladi, joriy etiladi va integratsiya qilinadi. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Davlat хizmatlari agentligi tegishli teхnik topshiriq tayyorlab, Aхborot kommunikatsiyalari vazirligiga 20 kun ichida taqdim etadilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2020 yildan kuchga kirgan.

 

 Lola Abduazimova.