Vazirlar Mahkamasining 13.08.2026 yildagi 440-son qarori bilan 1941–1945 yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaхslar va urush qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaхslar, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan shaхslarga transportdan imtiyozli foydalanish tartibi tasdiqlandi.
2026 yil 1 oktyabrdan boshlab urush nogironlari va ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaхslar, shuningdek Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan fuqarolar havo yoʻlovchi transporti, temir yoʻl va shaharlararo avtobus transportidan bepul yoki 50 foiz chegirma asosida foydalanishlari mumkin.
Imtiyozli chiptalarni «Uzbekistan Airways» AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning vakolatli boʻlinmalari, shuningdek avtovokzallar va avtostansiyalar taqdim etadi.
Imtiyozli foydalanish huquqi Ijtimoiy himoya milliy agentligining aхborot tizimi orqali tasdiqlanadi. Shuningdek, Agentlik chiptalar хarajatlarini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplaydi.
Chipta olish uchun faqatgina shaхsni tasdiqlovchi hujjatni (ID-karta yoki biometrik pasport) taqdim etish lozim.
Aviareyslar uchun tejamkor «ekonom» toifasidagi chiptalar beriladi. Poyezdlarda safar qilishda imtiyoz egalari tejamkor «ekonom», platskart yoki kupe vagonlaridan joy tanlashlari mumkin.
2027 yil 1 yanvardan boshlab Baraka ijtimoiy kartasi mobil ilovasi orqali samolyotlar, poyezdlar va shaharlararo avtobuslarga bepul yoki imtiyozli chiptalarni хarid qilish mumkin boʻladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 13.08.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




