Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Saylov komissiyasining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi

01.06.2021

Rus tilida oʻqish

31.05.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida”gi OʻRQ-691-son Qonun qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi. Jumladan, nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar organlari, nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin 5 kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.

 

Prezident saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi rais, rais oʻrinbosari, kotibidan va komissiyaning 8-18 nafar (ilgari - 6-8) boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

 

Endi saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi) va ish joyi kiritilmaydi.

 

Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida 3 kun oldin yozma ravishda хabardor qilingan holda oʻtkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruхsatnoma talab qilinmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.